Qoidalar
Beshpost — hamma uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi uchun quyidagi qoidalarga amal qiling. E'lon joylash orqali siz ushbu qoidalarga rozilik bildirasiz.
E'lon qanday bo‘lishi kerak
- Bitta e'londa — bitta mahsulot yoki xizmat.
- Rasmlar haqiqiy va aynan shu mahsulotniki bo‘lsin. Internetdan olingan rasmlarni qo‘ymang.
- Sarlavha va tavsif mahsulotga mos bo‘lsin, to‘g‘ri bo‘lim tanlansin.
- Narx haqiqiy bo‘lsin. “1 so‘m” kabi soxta narx yozmang — narx kelishilsa, “Kelishiladi”ni tanlang.
- Bir xil e'lonni qayta-qayta joylamang. Kerak bo‘lsa, eskisini tahrirlang.
- Joylashuvni to‘g‘ri ko‘rsating. Aniq uy manzilini yozish shart emas.
Joylash taqiqlanadi
- Qurol, o‘q-dori, portlovchi moddalar va pirotexnika.
- Giyohvand va psixotrop moddalar, retseptli dori vositalari.
- Alkogol va tamaki mahsulotlari.
- O‘g‘irlangan, qalbaki yoki kontrabanda mahsulotlar.
- Hujjatlar: pasport, guvohnoma, diplom, bank kartalari, SIM-kartalar.
- Boshqa odamlarning shaxsiy ma'lumotlari, ma'lumotlar bazalari, akkauntlar.
- Qizil kitobga kiritilgan va yovvoyi hayvonlar.
- Tez boyish, moliyaviy piramida, qimor va lotereyalar.
- Kattalar uchun mazmun va odob-axloqqa zid e'lonlar.
- Qonunga zid har qanday mahsulot yoki xizmat.
Moderatsiya
- Har bir e'lon joylanishidan oldin moderator tomonidan tekshiriladi.
- Qoidalarga zid e'lon rad etiladi yoki olib tashlanadi. Sababi sizga Telegram orqali yuboriladi.
- Rad etilgan e'lonni tuzatib, qayta yuborishingiz mumkin.
- Qoidalarni qayta-qayta buzgan hisob cheklanadi: e'lon joylab bo‘lmaydi.
Xavfsizlik uchun
- Mahsulotni ko‘rmasdan oldindan pul o‘tkazmang.
- Karta raqami, SMS kod va parollarni hech kimga bermang.
- Uchrashuvni gavjum va xavfsiz joyda belgilang.
- Shubhali e'lonni “E'londan shikoyat qilish” tugmasi orqali xabar bering.